Qoshma Shtatlar xorijiy talabalar va jurnalistlar uchun viza tartibini ozgartirdi
AQSH xorijiy talabalar va jurnalistlar uchun vizalar muddatini qisqartirib, yangi cheklovlarni joriy etdi.
Qoshma Shtatlar hukumati mamlakatdagi xorijiy talabalar, oqish almashinuvi dasturlari ishtirokchilari hamda chet ellik jurnalistlar uchun viza qoidalarini keskin kuchaytirdi. Mazkur ozgarishlar bevosita I, F va J toifali vizalarga daxldor bolib, AQSh malumotiga kora, yangi tartib milliy xavfsizlikni taminlashga hamda viza egalarining mamlakatda bolish shartlariga rioya etishini nazorat qilishga qaratilgan.
Yangi viza muddatlari va talablar
Avval amalda bolgan qoidalarga kora, ushbu toifadagi shaxslar AQShga kelish maqsadi saqlanib turgan davr mobaynida, aniq amal qilish muddati belgilanmagan holda mamlakat hududida qolishi mumkin edi. Masalan, xorijiy talaba Amerika oliy talim muassasasida tahsil olayotgan bolsa, uning bolishiga ruxsat etilardi. Endilikda esa yangi tartibga kora, xorijiy talabalar hamda almashinuv dasturlari ishtirokchilari AQShda oqish yoki dastur davomiyligi doirasida, biroq tort yildan oshmagan muddat davomida qolishi mumkinligi belgilandi.
Jurnalistlar uchun qoidalar
Chet ellik jurnalistlar uchun ham qator cheklovlar ornatildi. Unga kora, xorijiy jurnalistlar AQShga ishlash maqsadida eng kopi bilan 240 kun muddatga kirishi mumkin boladi. Zarur hollarda ushbu muddatni uzaytirish imkoniyati saqlab qolinishi kozda tutilgan. Shu bilan birga, Xitoy fuqarolari uchun mazkur muddatni 90 kun bilan cheklash taklif etilmoqda. AQSh mamlakatga kirish va vaqtincha bolib turish tartibi ustidan nazoratni yanada kuchaytirishini malum qilmoqda.
Manba: Kun.uz


