Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonlik talabaning Oyda o'simlik yetishtirish loyihasi AQSHda e'tirof etildi

El-yurt umidi jamg'armasi stipendiati Diyora Daminova AQSHda Oy issiqxonasi loyihasi va ilmiy ishi uchun e'tirof etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

El-yurt umidi jamg'armasi stipendiati hamda Boulderdagi Kolorado universiteti talabasi Diyora Daminova kosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo'nalishidagi loyihalari bilan xalqaro ilmiy hamjamiyat e'tiborini qozonmoqda.

Oyda o'simlik yetishtirish loyihasi

Talaba “Engineering excellence fund expo” ko'rgazmasida avtomatlashtirilgan Oy issiqxonasi bo'yicha bitiruv loyihasini taqdim etdi. Mazkur ishlanma Oy regolitidan radiatsiyadan himoya vositasi hamda o'simliklar o'stirish muhiti sifatida foydalanish mumkinligini isbotlovchi konsepsiya hisoblanadi. Loyiha tez o'suvchi "Brassica rapa Wisconsin" navini qalinligi uch metrgacha bo'lgan regolit qatlami ostida to'liq avtonom tizimda yetishtirishni ko'zda tutadi.

2025-yil noyabr oyida ushbu tashabbus moliyaviy qo'llab-quvvatlanib, “Engineering excellence fund expo” jamg'armasi tomonidan g'oyani rivojlantirish uchun 2 ming dollar ajratildi. Mart oyi oxirida esa D. Daminova Ayova universitetida o'tkazilgan Amerika aeronavtika va astronavtika institutining yillik anjumanida ma'ruza qildi.

Ilmiy sinovlar va yutuqlar

Tadqiqot doirasida -80°C gacha bo'lgan haroratda ishlashga qodir avtomatlashtirilgan issiqxona prototipi ishlab chiqildi va sinovdan o'tkazildi. Tizim 15 kun davomida inson aralashuvisiz CO₂ va O₂ muvozanatini mustaqil saqlab turdi. Mazkur loyiha ilmiy hamjamiyat tomonidan yuqori baholanib, sohaviy nashrda chop etish uchun tavsiya qilindi.

Shuningdek, Diyora Daminova nufuzli “Buffs one read” hikoyachilik tanlovida ham g'olib chiqdi. Uning “Ovozlar” nomli essesi eng yaxshi deb topilib, 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi