Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qashqadaryo viloyatida inklyuziv ta'lim va o'quvchilar qamrovi kengaymoqda

Qashqadaryoda inklyuziv ta'lim maktablari soni 167 taga, o'quvchilar soni esa 578 nafarga yetdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng ta'lim sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida ham bu boradagi sa'y-harakatlar natijasida inklyuziv ta'lim muassasalari va qamrov ko'lami ortib bormoqda.

Inklyuziv ta'lim ko'rsatkichlari

Viloyatda bir yil oldin 47 ta maktabda 106 nafar o'quvchi inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingan bo'lsa, bugungi kunga kelib bunday maktablar soni 167 taga yetdi. Shuningdek, ulardagi ta'lim oluvchi o'quvchilar soni 578 nafarni tashkil etmoqda.

Jumladan, Nishon tumanidagi 3-sonli umumta'lim maktabida ham inklyuziv sinflar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, imkoniyati cheklangan o'quvchilar uchun maxsus jihozlangan korreksion xona tashkil etilgan. Bu yerda defektolog-o'qituvchi tomonidan bolalar bilan yakka tartibda mashg'ulotlar olib borilishi ularning bilim olishi hamda ijtimoiy muhitga moslashishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

To'garaklar va hamkorlik ishlari

Ta'lim muassasalari va mahalla ijtimoiy xodimlari hamkorligida ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo'shimcha to'garaklarga jalb etish bo'yicha ham amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan, 67 nafar o'quvchi matematika, ingliz tili hamda shaxmat-shashka to'garaklariga qamrab olindi. Mutaxassislarning fikricha, bunday tizimli chora-tadbirlar har bir bolaning sifatli ta'lim olishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi