Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand shahrida inklyuziv ta'limni rivojlantirishga bag'ishlangan respublika seminari o'tkazilmoqda

Samarqandda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, muammolar va innovatsion yechimlarga bag'ishlangan respublika amaliy seminari boshlandi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand shahrida “Inklyuziv ta'limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida respublika amaliy seminari o'z ishini boshladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda vazirlik mas'ullari, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, hududiy ta'lim boshqarmalari mutaxassislari va maxsus pedagoglar ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Ro'ziboy To'rayev hamda Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo'ldoshev so'zga chiqdi. Ular inklyuziv jamiyatni shakllantirish, ta'lim tizimini rivojlantirish istiqbollari, maxsus pedagogikaning zamonaviy yondashuvlari, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash va ta'lim sifatini oshirish masalalariga alohida to'xtalib o'tdilar. Shundan so'ng yurtimizda mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik, milliy tajriba va xalqaro amaliyot yuzasidan soha mutaxassislarining axborotlari tinglandi.

Sho'balardagi muhokamalar va ilg'or tajribalar

Seminar o'z ishini sho'balarga bo'lingan holda davom ettirmoqda. Ularda inklyuziv ta'limni tashkil etishning ilg'or tajribalari, maxsus pedagoglarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Samarqand shahridagi 63-maktab maxsus pedagogi Muhayyo Jumayevaning ta'kidlashicha, umumta'lim maktablarida bunday ta'limning yo'lga qo'yilishi aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning o'z tengdoshlari bilan birga o'qib, jamiyatning to'laqonli a'zosi ekanligini his qilishlariga ko'maklashadi. Masalan, ularning maktabida shu toifadagi 5 nafar o'quvchi umumiy sinflarda o'qib, alohida yondashuv asosida shug'ullanib kelmoqda. Dastlabki paytlarda ular darslarda qisqa muddat qatnashgan bo'lsa, moslashish jarayoni bilan ishtiroki ortib, fanlarni o'zlashtirish barobarida salomatligida ham ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan.

Seminar dasturiga ko'ra, ishtirokchilar ertaga Samarqand shahridagi ayrim ta'lim muassasalarining inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish bo'yicha tajribasi bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, “Yilning faol maxsus pedagogi” hududiy tanlovlari g'oliblarini taqdirlash marosimi hamda maktabgacha va maktab ta'limi vazirining maxsus pedagoglar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, seminar doirasida Samarqand shahridagi “Yangi avlod” yoshlar bog'ida “Sog' tanda – sog'lom aql” shiori ostida tadbir qatnashchilari o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini va sport musobaqalari tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar ishtirokchilar o'rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish hamda intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi