Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Texnikumlarda eng ko'p talab yuqori bo'lgan kasblar ma'lum qilindi

Kasbiy ta'lim tashkilotlariga 2025-2026 o'quv yili uchun ajratilgan kvotalar va eng ko'p tanlangan mutaxassisliklar tahlil qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Kasbiy ta'lim tashkilotlari qabul parametrlari va ularning samaradorligi nomli axborot-tahliliy ma'lumot e'lon qilindi. Mazkur tahlil Kasbiy ta'lim agentligi taqdim etgan rasmiy ma'lumotlar asosida shakllantirilgan bo'lib, texnikumlardagi qabul jarayonlari va kvotalarning bajarilish ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladi.

Hujjatga ko'ra, 2025-2026 o'quv yili uchun respublika bo'ylab texnikumlarga 287 301 ta qabul kvotasi ajratilgan. Amaldagi ko'rsatkichlarga ko'ra, o'qishga 249 130 nafar o'quvchi qabul qilingan. Hisobotdagi ta'lim shakllari bo'yicha jadvalda umumiy qabul rejasi 86,7 foizga bajarilgani qayd etilgan.

Eng ko'p tanlangan kasblar va yo'nalishlar

Qabul jarayonlarining eng katta qismi, aniqrog'i 20 foizi avtomobillarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish kasbi hissasiga to'g'ri kelgan. Ushbu yo'nalish uchun 27 660 ta o'rin ajratilgan bo'lsa-da, amalda 50 116 nafar o'quvchi o'qishga qabul qilingan.

Shuningdek, umumiy qabulda boshqa qator kasb va mutaxassisliklar ham salmoqli ulushni egallagan:

  • tikuvchi - 7 foiz
  • hamshiralik ishi - 6,2 foiz
  • traktorchi-mashinist - 5 foiz
  • davolash ishi - 4,1 foiz
  • kompyuter grafikasi va dizayn operatori - 3,8 foiz
  • raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi - 3,4 foiz

Tahlilda ba'zi mutaxassisliklar bo'yicha qabul belgilangan kvotalardan bir necha barobar oshgani, boshqalarida esa ajratilgan o'rinlar to'lmagani ko'rsatib o'tilgan. Biroq qabulning nol yoki juda past darajada bo'lishi har doim ham muayyan kasbga talab yo'qligini anglatmasligi ta'kidlangan. Ba'zi hollarda guruh tashkil etish uchun yetarli o'quvchi to'planmagani sababli yoshlar o'z roziligi bilan yaqin yo'nalishlarga o'tkazilgan.

Hududlar kesimidagi ko'rsatkichlar

Hisobot ma'lumotlariga ko'ra, hududlar o'rtasida sezilarli farqlar mavjud. Xususan, Farg'ona va Samarqand viloyatlarida qabul rejasi to'liq bajarilgan. Buxoro va Andijonda bu ko'rsatkich 96 foizni, Jizzaxda 93 foizni, Namanganda 92 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog'istonda qabul rejasining bajarilishi 65 foiz, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 70 foiz, Navoiy viloyatida esa 72 foiz bo'lgan. Natijada, hududlar o'rtasidagi farq 35 foiz punktga yetgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi