Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Tibbiyot yo'nalishlarida oshirilgan to'lov-kontrakt amaliyoti tugatilishi mumkin

Tibbiyot va farmatsevtika ta'limini takomillashtirishga qaratilgan loyihaga ko'ra, kelgusi o'quv yilidan oshirilgan kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasiga muvofiq, kelgusi o'quv yilidan boshlab tibbiyot yo'nalishlarida oshirilgan kontrakt shakli amaliyoti tugatilishi nazarda tutilmoqda. Mazkur o'zgarish bakalavriat bosqichiga taalluqli bo'lib, qabul jarayonini shaffoflik va sifat mezonlari asosida tashkil etishni maqsad qilgan.

Shuningdek, yangi tartibga ko'ra quyidagi o'zgarishlar joriy etilishi rejalashtirilgan:

  • bakalavriat, magistratura va rezidentura bosqichlarida har bir o'quv moduli hamda davlat imtihonlari uchun minimal o'tish balli shifokor mutaxassisliklari bo'yicha 70 foiz, o'rta tibbiyot xodimlari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
  • tor soha mutaxassislarini tayyorlash faqat rezidentura va magistratura orqali amalga oshiriladi, qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari bekor qilinadi;
  • birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul tugatiladi.

Qaror loyihasida ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, klinik amaliyotni kuchaytirish, simulyatsion markazlarda o'qitishni majburiy tarzda joriy etish hamda kadrlar tayyorlashda ta'lim, fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Mazkur chora-tadbirlar sog'liqni saqlash tizimi uchun raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi