Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nogironligi bo'lgan abituriyentlar uchun repetitsion test sinovlari o'tkazilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi maxsus maktablar bitiruvchilari uchun haqiqiy imtihon sharoitiga moslashtirilgan sinovlar tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sinovlar nima uchun tashkil etilmoqda

O'tkazilgan tahlillarga ko'ra, ayrim nogironligi bo'lgan abituriyentlarning imtihonlarda past natija ko'rsatishi ikki asosiy sababga borib taqaladi. Ulardan birinchisi yetarli darajada bilimga ega emaslik bo'lsa, ikkinchisi imtihon tartib-qoidalari hamda test formatida ishlash ko'nikmasining yetishmasligidir. Ba'zi hollarda abituriyentlarning aynan test tizimiga moslasha olmayotgani asosiy to'siq bo'lib qolmoqda.

Repetitsion testlarning ahamiyati

Yuzaga kelayotgan bunday qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi maxsus maktablar bitiruvchilari uchun diagnostik hamda repetitsion test sinovlari yo'lga qo'yildi. Mazkur sinovlar real imtihon jarayonlariga imkon qadar yaqinlashtirilgan holda o'tkazilmoqda. Bu esa yoshlarga sinov muhitini oldindan his qilish, tartib-qoidalar bilan amalda tanishish imkonini beradi.

tashabbus doirasida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi baholanib, ularda test formatida ishlash malakalari shakllantirilmoqda. Shuningdek, jarayon texnik va tartibga oid jihatlarga moslashishga yordam berib, abituriyentlarning psixologik barqarorligi hamda o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hamkorlik va maqsad

Ushbu amaliy tashabbus Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ko'rilayotgan choralar nogironligi bo'lgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda ular uchun teng shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi