Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent texnikumida xotin-qizlar bandligi va ta'limiga bag'ishlangan muloqot o'tkazildi

Toshkent ilg'or kasbiy mahorat texnikumida xotin-qizlarni kasb-hunarga o'rgatish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga bag'ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda xotin-qizlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Kasbiy ta'limni rivojlantirish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “Ma'rifatli ona – qudratli millat” tamoyili asosida ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini oshirishga ko'maklashib keladi. Shu munosabat bilan Toshkent ilg'or kasbiy mahorat texnikumida Kasbiy ta'lim agentligi bilan hamkorlikda “Kasbiy ta'lim – qizlar uchun barqaror kelajak poydevori” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda turli sohalarda natijalarga erishib kelayotgan rahbar ayollar, siyosiy liderlar va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari qatnashdi.

Prezident farmonining mazmun-mohiyati

Tadbirda partiya Markaziy kengashi raisi o'rinbosari Firuza Muhammadjonova 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy huquqiy choralar to'g'risida”gi Prezident farmoni mazmuniga to'xtalib o'tdi.

Ushbu hujjat mamlakatimizda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq hamda zo'ravonlik holatlariga qarshi murosasiz muhitni shakllantirishda muhim qadam bo'lgani ta'kidlandi. Farmonda partiya tomonidan ilgari surilgan qator takliflar, jumladan, homilador talaba-qizlar yoki uch yoshgacha bo'lgan farzand tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi talabalar uchun masofaviy ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham o'z aksini topgan.

Tadbir yakunida partiya va Kasbiy ta'lim agentligi hamkorligida xotin-qizlarni kasb-hunarga o'rgatish, ularning bandligini ta'minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilani mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi