Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda o'tkaziladigan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda

Toshkent shahrida o'tadigan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yilning 10-19-iyul kunlari poytaxtimiz Toshkent shahri dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri bo'lgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026)ga mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadaga O'zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda va bu tarixiy tadbir mamlakatimizning ilm-fan hamda ta'lim sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda yana bir bor namoyon etishga xizmat qiladi.

Tayyorgarlik jarayonlari o'rganildi

Musobaqaga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari Ilhom Sirojev, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov olimpiadaning amaliy bosqichi o'tkaziladigan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida bo'lishdi.

Tashrif davomida mas'ullar quyidagi yo'nalishlarni yaqindan o'rganib chiqishdi:

  • Laboratoriyalar holati va jihozlanishi
  • Amaliy imtihon xonalari tayyorgarligi
  • Ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar
  • Olimpiadani xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan oxirgi chora-tadbirlar

O'rganishlar yakunida amaliy sinovlarni xalqaro talablar asosida o'tkazish hamda barcha tashkiliy masalalarni belgilangan muddatlarda to'liq yakunlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi