Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xorijiy OTMda o'qigan davlat xizmatchilarining staji hisobga olinadi

Davlat xizmatchilarining xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'qigan davri mehnat stajiga qo'shilishi va imtiyozlar berilishi ko'zda tutilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlat xizmatchilari uchun xorijda o'qish imkoniyatlari kengaymoqda

Senatning Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasining majlisida davlat fuqarolik xizmati sohasini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unga ko'ra, “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muhim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ish o'rni va mehnat stajini saqlash kafolatlari

Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining magistratura yoki doktorantura dasturlari bo'yicha grant yutib olgan taqdirda, uning o'qish davrida ish o'rni va lavozimi saqlanib qolishi belgilanmoqda. Buning uchun davlat organi rahbarining yozma roziligi talab etiladi. Shuningdek, xorijiy OTMda tahsil olingan davr xodimning umumiy mehnat stajiga qo'shiladi va ko'p yillik xizmati uchun qo'shimcha haq belgilash jarayonida inobatga olinadi.

Majburiy ishlab berish sharti

Ta'lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan davlat fuqarolik xizmatchisining zimmasiga tegishli davlat organi tizimida xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qigan davriga teng muddatda ishlab berish majburiyati ham yuklatilishi ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi