Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Uchqo'rg'ondagi voqeadan so'ng barcha davlat bog'chalarida tekshiruvlar boshlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Uchqo'rg'ondagi holat yuzasidan ishchi guruh tuzib, barcha davlat bog'chalarida tekshiruvlar boshladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Uchqo'rg'on tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo'lgan voqeani o'rganish hamda mas'ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko'rib chiqish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzildi. Vazirlik bu borada rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko'ra, voqeaga aloqador hamda o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan vakolat doirasida zarur choralar ko'rilishi va aybdorlar jazolanishi ma'lum qilindi. Shuningdek, ta'lim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingani ta'kidlandi.

Bog'chalarda o'tkazilayotgan tekshiruvlar

Qo'shimcha qilinishicha, bu kabi salbiy holatlarning boshqa bog'chalarda ham takrorlanishining oldini olish maqsadida vazirlikning maxsus ishchi guruh a'zolari hozirgi vaqtda barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini tekshirmoqda.

Avvalroq Uchqo'rg'on tumanidagi davlat bog'chasida 5 yoshli qizaloq 52 yoshli xo'jalik ishlari bo'limi mudiri tomonidan zo'rlab kelingani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bog'ka direktori holatni o'rgangan Kun.uz muxbiriga voqea sodir bo'lgan kuni mehnat ta'tilida bo'lganini ma'lum qilgan edi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi