Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

Xususiy bog'cha va maktab to'lovlaridan daromad solig'ini qaytarish tartibi

Farzandining xususiy ta'lim muassasasidagi o'qishi uchun to'langan mablag'ning 12 foizini qanday qaytarib olish mumkin?

TTahririyat 1 daqiqa

Farzand ta'limi uchun sarflangan mablag'ning 12 foizini qaytarib olish imkonini beruvchi soliq imtiyozidan foydalanish tartibi belgilandi. Ushbu imtiyozning limiti har bir farzand ta'limi uchun 3 million so'mgacha etib belgilangan. Agar ota-ona 3 million so'm yoki undan ko'proq to'lov qilsa, ular quyidagi miqdordagi mablag'ni qaytarib olishlari mumkin:

  • Bir oy uchun 360 ming so'm
  • 12 oy uchun 4 320 000 so'm

Mazkur soliq imtiyozlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini kamaytirish orqali har bir bola uchun alohida hisoblab chiqiladi. JSHDS bu rasmiy daromadning 12 foizi miqdorida ushlab qolinadigan soliq hisoblanadi.

Kimlar bu imtiyozdan foydalana oladi?

Daromad soliqlari to'laydigan va farzandining xususiy bog'cha yoki maktabdagi ta'limi uchun to'lov amalga oshirgan ota-onalar, shuningdek farzandlikka olgan shaxslar ushbu imtiyozni olish huquqiga ega. Bunda to'lov cheklarida imtiyoz oluvchining ismi ko'rsatilgan bo'lishi talab etiladi.

Qanday holatlarda imtiyoz rad etiladi:

  • Ota-onaning daromad solig'i to'lanadigan rasmiy daromadi mavjud bo'lmaganda
  • Ota-ona ishlab turgan va ta'lim uchun yilning turli oylarida to'lovlarni amalga oshirganida
  • To'lovlar pensiya hisobidan qilingan va ota-onaning boshqa daromadi bo'lmaganda
  • Farzand chet elda ta'lim olayotgan bo'lsa

Imtiyozni ish beruvchi, buxgalteriya bo'limi, soliq xizmati yoki onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Buxgalteriya orqali rasmiylashtirish tartibi Agar fuqaro rasman ishlayotgan bo'lsa va ish beruvchi soliq agenti hisoblansa, ta'lim uchun to'lov qilishdan oldin uch tomonlama shartnoma tuzish talab etiladi. Bu shartnoma ota-ona, ish beruvchi hamda xususiy bog'cha yoki maktab o'rtasida tuziladi. Buning uchun ariza, ta'lim shartnomasi hamda bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Shundan so'ng har oy oylik maoshining bir qismi ta'lim to'loviga yo'naltiriladi va soliq imtiyozidan foydalaniladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi