Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Gulistonlik Prezident maktabi o'quvchisi nufuzli xorijiy universitetning to'liq grantini qo'lga kiritdi

Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Sevara Turdiyeva Gonkongdagi nufuzli universitetga to'liq grant asosida o'qishga qabul qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Sevara Turdiyeva xalqaro miqyosdagi navbatdagi yutuqqa erishib, The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universitetiga talabalikka qabul qilindi. Jahon reytinglarida doimiy ravishda yuqori pog'onalarni egallab keluvchi va so'nggi yillarda 44-o'rinni egallagan mazkur oliygoh injeneriya, iqtisodiyot hamda kompyuter fanlari yo'nalishlarida dunyo miqyosida yuksak nufuzga ega.

To'liq moliyalashtiriladigan grant

Dastlab ushbu ta'lim dargohiga 1 yillik grant asosida qabul qilingan Sevara o'zining yuqori bilim va salohiyatini ko'rsatgani tufayli navbatdagi bosqichda to'liq moliyalashtiriladigan 4 yillik grant egasiga aylandi. Avvalroq $60 000ni tashkil etgan grantning umumiy qiymati endilikda $141 000ga yetdi. Ushbu mablag' doirasida talabaning oliy ta'lim kontrakti, yotoqxona xarajatlari hamda o'qish jarayoni bilan bog'liq barcha zarur xarajatlar universitet hisobidan to'liq qoplanadi. Bu esa o'quvchiga xalqaro darajada fan olimpiadalari va ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Ustozlar va o'quvchining fikrlari

Sevara Turdiyevaning ta'kidlashicha, mazfaqar faqat shaxsiy muvaffaqiyat emas, balki Prezident maktabi bergan ta'lim va tarbiyaning xalqaro maydondagi natijasidir. Uning maqsadi kelgusida ilmiy izlanishlar, xalqaro tadqiqotlar hamda startap loyihalarda qatnashib, mamlakatimiz nomini jahon sahnasida yanada yuqoriga ko'tarishdan iborat.

Guliston shahridagi Prezident maktabi direktorining o'rinbosari va maktab maslahatchisi Madina Saparovaning so'zlariga ko'ra, bu kabi natijalar o'quvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish yo'lida olib borilayotgan samarali faoliyat mevasidir. Universitet talabalarga innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun keng yo'l ochib berishi bilan iqtidorli yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi