Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maxsus maktablarda tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi tasdiqlandi

Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lganbolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Adliya vazirligi tomonidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi idoraviy hujjat davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Yangi nizomga muvofiq, maxsus pedagoglar oldiga aniq malaka talablari qo'yildi.

Pedagoglarga qo'yiladigan talablar

Ushbu yo'nalishdagi mutaxassislar korreksion pedagogika va defektologiya sohasida oliy ma'lumotga ega bo'lishi zarur. Shuningdek, ular o'quvchilarning ehtiyojlariga mos keluvchi maxsus metodikalarni, jumladan, imo-ishora tili, Brayl alifbosi va nutq nuqsonlarini bartaraf etish usullarini puxta bilishi shart etib belgilandi.

Dars soatlarini taqsimlash tartibi

Hujjatda o'quv soatlarini taqsimlashda kimlarga ustunlik berilishi aniq ko'rsatib o'tildi. Unga ko'ra, dars yuklamalari birinchi navbatda malaka toifasi yuqori bo'lgan hamda milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan pedagoglarga beriladi.

Shuningdek, bir nafar pedagog uchun dars yuklamasi odatda 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ko'p bo'lmasligi belgilandi. Ayrim istisno holatlarda esa yuklamani 1,5 stavkagacha oshirishga ruxsat etilishi nazarda tutilgan.

Tarifikatsiya ro'yxatini shakllantirish muddatlari

Nizom bilan tarifikatsiya ro'yxatini tuzish, uni ko'rib chiqish hamda tasdiqlash uchun qat'iy muddatlar belgilandi. Xususan, dars soatlari har yili 17-sentabrga qadar maxsus elektron tizimga kiritilishi kerak. Shundan so'ng, 25-sentabrga qadar vakolatli organ tomonidan tegishli ro'yxatlar to'liq tasdiqlanishi shart.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi