Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda «Besh million sun'iy intellekt yetakchilari» loyihasi boshlanadi

Hukumat qarori bilan yoshlarni IT sohasiga yo'naltirishga qaratilgan yangi tanlov va rag'batlantirish choralari tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

2025 yil 31 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni AT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko'nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo'naltirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 849-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga ko'ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi «Bir million dasturchi» loyihasining mantiqiy davomi sifatida «Besh million sun'iy intellekt yetakchilari» loyihasini amalga oshirishga kirishadi. Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida yil yakuni bo'yicha eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning o'qituvchilari hamda ta'lim tashkilotlarini rag'batlantirish taklipi ma'qullandi.

Milliy tanlov va rag'batlantirish choralari

Qarorga muvofiq, har yili «Besh million sun'iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida eng yuqori natija ko'rsatgan ishtirokchilarni taqdirlash bo'yicha maxsus milliy tanlov o'tkazib borilishi belgilandi. Tanlov g'oliblariga turli pul mukofotlari va qimmatbaho sovg'alar topshirilishi ko'zda tutilgan. Jumladan:

  • 100 nafar o'qituvchi — 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
  • 10 nafar o'qituvchi — xorijiy sayohatga yo'llanma;
  • 500 nafar yoshlar — noutbuk;
  • 500 nafar yoshlar — qimmatbaho sovg'alar;
  • 3 ta oliy ta'lim tashkiloti — pul mukofoti;
  • 2 ta umumta'lim maktabi («Prezident sovg'asi») — elektromobil bilan taqdirlanadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi