1593 ta material
Guliston tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ikkita yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshladi.
Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi INQAAHE xalqaro tarmog'iga to'liq a'zo bo'ldi.
Buxoro viloyatida alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar kengayib, inklyuziv maktablar va o'quvchilar soni ko'paymoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Ellikqal'a tumanida 330 o'rinli yangi maktab binosi foydalanishga berildi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Yevropa veterinariya ta'limi muassasalari assotsiatsiyasiga a'zo bo'ldi.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025/2026 o'quv yili boshida respublikada filiallar bilan birga jami 215 ta oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
O'zbekistonda oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini takomillashtirish hamda doktorantlar tayyorlash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo'yicha farmon imzolandi.
Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etilganining 60 yilligiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Mirzo Ulug'bek tumanida kimyo sanoati, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarni o'z ichiga olgan yirik klaster tashkil etilishi ma'lum qilindi.
Pedagog va huquqshunos Hamid Sodiq davlat maktablaridagi tarbiyaviy masalalar, o'quvchilar va o'qituvchilar taqsimoti hamda tizimdagi muammolar haqida fikr bildirdi.
Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti O'zbekistonda o'z kampusini tashkil etish va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
O'zbekistondagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun davlat imtihonlari qizg'in davom etmoqda.
Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) 2026 yilgi eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatini e'lon qildi. Unda O'zbekiston OTMlari joy olmadi.
Namanganlik 7-sinf o'quvchisi oddiy velosipedni elektr motor yordamida harakatlanuvchi transport vositasiga moslashtirdi.
2025-2026 o'quv yili yakunida umumta'lim maktablari 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon variantlarini aniqlash bo'yicha qur'a tashlash jarayonlari boshlandi.
Prezident ishtirokidagi uchrashuvda san'at va madaniyat ta'limini rivojlantirish, jumladan, texnikumlarga oliy maktab maqomini berish belgilandi.
Prezident qaroriga muvofiq, Samarqanddagi 4 ta OTM negizida yangi universitetlar va filiallar tashkil etilib, ayrimlari birlashtiriladi.
O'zbekistonda musiqa va san'at maktablari pedagoglari mehnati rag'batlantirilib, o'quvchilar uchun yangi tanlovlar va grantlar joriy etiladi.
O'zbekistondagi umumta'lim maktablarida musiqa, tasviriy san'at va texnologiya darslari art o'quv dasturi asosida takomillashtiriladi.
Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan matematika fanidan “KHISO” olimpiadasi tashkil etildi.