167 ta material
Ona tili va adabiyot fanidan o'tkaziladigan milliy sertifikat sinovlarida amaldagi lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosidan foydalaniladi.
Jizzax viloyatida talabalar salomatligini asrash, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Andijon shahridagi harbiy qismda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov «Jasorat maktabi» tinglovchilari bilan muloqot o'tkazdi.
Bolalikdagi o'qituvchilik orzulari, o'tgan yillardagi soha muammolari va Bugungi Yangi O'zbekistonda ustozlar nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar tahlili.
Navoiy davlat universiteti talabalari Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti va uning tarkibiy tuzilmalarida o'tkazilgan «Harbiy kasbiy tayyorgarlik» o'quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar berildi.
Samarqandda bolalar uchun ta'lim va reabilitatsiyani birlashtirgan yangi IMKON markazi o'z faoliyatini boshladi.
O'zbekistonda universitetlarning milliy reytingi asosida moliyaviy rag'batlantirishning yangi tartibi taklif etilmoqda.
Milliy sertifikat imtihonlariga ro'yxatdan o'tish jarayonidagi cheklovlar va o'rinlar taqsimoti yuzasidan senator Bilim va malakalarni baholash agentligiga murojaat qildi.
Anqara universitetida 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi.
Nukus shahridagi 9-sonli maktabda 21-oktabr – O'zbek tili bayrami munosabati bilan jadidlar muzeyi tashkil etildi.
O'zbekistonda xorijlik yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilib, 500 nafargacha iqtidorli talabalarga bepul o'qish imkoniyati berildi.
Xorazm viloyatida 9-11-sinf o'quvchilari uchun asosiy fan olimpiadalarining tuman va shahar bosqichlari davom etmoqda.
O'zbekistonda kasbiy ta'lim va texnikumlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bitiruvchilar bandligi hamda qisqa muddatli kurslar natijalari ochiqlandi.
Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Prezident qaroriga muvofiq, Ta'lim va ilm-fan vazirligi faoliyati yo'lga qo'yildi hamda vazirga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.
Prezident qaroriga ko'ra, ta'lim muassasalarining o'quvchi, talaba va pedagoglari har o'quv yilida kamida bir marta psixologik diagnostikadan o'tkaziladi.
Ta'lim va ilm-fan vaziriga uch nafar yangi o'rinbosar tayinlandi. Yangi rahbarlarning tarjimayi holi e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish markazida respublika miqyosidagi ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.
Qoraqalpog'istonda maktab o'qituvchilari uchun Gyote instituti hamkorligida nemis tili o'quv kurslari tashkil etildi.