139 ta material
Prezident qaroriga binoan Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi berilib, “Yalla” ansambli tashkil etiladi.
To'raqo'rg'on tumanidagi 7-maktab o'qituvchisi Mansurbek Mehmonxonov 15 yillik pedagogik tajribaga ega bo'lib, uning shogirdlari yuqori natijalarga erishmoqda.
Prezident farmoniga muvofiq, mamlakatimiz oliy ta'lim va ilm-fan tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yangi islohotlar belgilandi.
Xorazm viloyatida informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining kasbiy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlari boshlandi.
Urganch shahridagi 28-sonli maktabda sun'iy intellekt asosida Abu Ali ibn Sino siymosi gavdalantirilib, o'quvchilar bilan interaktiv muloqot o'tkazildi.
Central Asian University 2026 yilda qabul o'rinlarini kamaytirib, talablarni oshirmoqda. Shuningdek, maktab o'quvchilari uchun grantlar taqdim etuvchi xalqaro olimpiada o'tkaziladi.
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Poytaxtda yangi oliy ta'lim muassasasi hamda kreativ park ochilishi kutilmoqda. Bu haqda prezident selektorida ma'lum qilindi.
Toshkent farmatsevtika institutida tashkil etilgan yarmarka ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.
Guliston davlat universitetida oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi doirasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo'yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
Nukus shahridagi 1-son texnikumda xalqaro PEARSON dasturi asosida mutaxassisliklar yo'lga qo'yilib, moddiy-texnika bazasi yangilandi.
Nukus davlat pedagogika instituti magistranti BMT Taraqqiyot dasturining xalqaro tanlovida g'olib bo'lib, 8,5 ming dollar grant yutdi.
Mamlakatimizda umumta'lim maktabi o'qituvchilari uchun navbatdagi malaka test sinovlari bo'lib o'tmoqda.
Poytaxtimizda oliy ta'limda sifatni ta'minlash va xalqaro akkreditatsiya standartlarini joriy etishga bag'ishlangan xalqaro seminar-trening bo'lib o'tdi.
Abdulla Avloniy nomidagi institutda fransiyalik ekspert ishtirokida hududiy markaz o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Ma'mun universitetida talabalarning ilmiy-tadqiqot va amaliy ko'nikmalarini oshirishga mo'ljallangan zamonaviy vivariy faoliyati yo'lga qo'yildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o'rtasida memorandum imzolandi.
Farg'ona shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlar uchun navbatdagi malaka sinovlari boshlandi.
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi o'tkazilmoqda. Unda ta'lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik muhokama qilinmoqda.
O'zbekistonda maktab o'quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.