626 ta material
O'zbekistondagi oliygohlar xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta'lim dasturlarini ishlab chiqishga o'tmoqda. Kelasi yildan yana 20 ta universitetda shu yondashuv boshlanadi.
Davlat oliygohlarida kuzatuv kengashlari tarkibining muhim qismi xususiy sektor va xorijiy mutaxassislardan shakllantiriladi.
Toshkent viloyatida o'tkazilgan "MinGeoMod 2026" xalqaro olimpiadasida "MISIS" universiteti Olmaliq filiali jamoasi birinchi o'rinni egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida "Yangi O'zbekiston" universitetiga tashrif buyurdi.
"O'zbekneftgaz" AJ tomonidan ishga tushirilgan "UNG Online" raqamli ta'lim platformasi orqali bepul onlayn kurslarda o'qish mumkin.
Prezident farmoniga muvofiq, ta'lim-tarbiya tizimida alohida o'rnak ko'rsatgan bir guruh pedagog va mutaxassislar faxriy unvon, orden hamda medallar bilan taqdirlandi.
Ta'lim tizimini rivojlantirish va yoshlarga ta'lim berishdagi xizmatlari uchun ikki pedagogga «O'zbekiston Respublikasi xalq o'qituvchisi» unvoni berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklarini yangilash, oliygohlarda dual ta'limni joriy etish va Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish masalalari bilan tanishdi.
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish muassasasi tashkil etildi.
O'zbekiston milliy metrologiya instituti mezbonligida 25 ta davlat mutaxassislari qatnashayotgan xalqaro yozgi maktab o'z ishini boshladi.
Prezident ishtirokidagi taqdimotda Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish va dual ta'lim tizimini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kelgusida ishga tushadigan korxona uchun 550 nafarga yaqin mutaxassis tayyorlanadi.
Guliston tumanidagi maktab o'zbek tili fani o'qituvchisi Sayyora Eshbekova ilk bor o'tkazilgan «Yil o'qituvchisi» respublika tanlovida g'olib chiqdi.
"Olima" uyushmasi Andijon viloyat bo'limi tashabbusi bilan bir guruh yetakchi olimalar Turkiyada malaka oshirishdi.
Universitetlar bitiruvchilarining bandligi va natijalarini xolis baholashga qaratilgan Bitiruvchi sifati indeksi ishga tushirildi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida AQSH elchixonasi vakillari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik dasturlari muhokama qilindi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tasviriy san'at tanlovi bo'lib o'tdi.
Amir Temur nomli davlat stipendiyasini tayinlash, talabgorlarga qo'yiladigan talablar hamda hujjatlarni topshirish muddatlari belgilanmoqda.
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida TDYU talabalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Pedagog xodimlarning farzandlariga qo'llaniladigan 30 foizlik kontrakt chegirmasi va uni rasmiylashtirish tartib-qoidalari ochiqlandi.