Universitetlar, qabul kvotalari, magistratura va doktorantura
592 ta material
Rim shahrida o'tgan O'zbekiston-Italiya rektorlar forumida Milliy rassomlik va dizayn instituti Italiyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Rim shahridagi Roma Tre universitetida O'zbekiston va Italiya oliy ta'lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo'lib o'tdi.
Milliy statistika qo'mitasida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning onlayn bosqichida faol qatnashib g'olib bo'lgan talabalar noutbuk va planshetlar bilan taqdirlandi.
Buxoro davlat pedagogika institutida Nukus davlat pedagogika instituti va Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari ishtirokida madaniy tadbir bo'lib o'tdi.
Rimda o'tgan O'zbekiston va Italiya rektorlarining ikkinchi forumida tibbiyot, farmatsevtika va parameditsina sohalarida akademik almashinuvni rivojlantirish kelishildi.
Osiyo xalqaro universitetining Xorazm kampusida 2000 nafardan ortiq talaba o'qimoqda. Bu yerda qanday sharoitlar mavjud?
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida forma kiymagan va kech qolgan talabalar darsga qo'yilmadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi xalqaro sud muhokamasi tanlovida Markaziy Osiyoda birinchilikni egalladi.
Zarafshon shahrida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fakultetining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tarix institutida yosh olimlar uchun arxiv hujjatlarini o'rganish, tahlil qilish va ilmiy tadqiqotda qo'llash mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Davlat va huquq institutiga Xitoy elchixonasi va Inson huquqlari milliy markazi tomonidan qimmatli kitoblar taqdim etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ishtirokida oliy ta'lim muassasalarining "ijtimoiy ish" yo'nalishi bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuniga bag'ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Jizzax viloyati oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” guruhlari ishini takomillashtirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 1 ta institutsional akkreditatsiya, 6 ta bakalavriat va 14 ta magistratura yo'nalishi bo'yicha xalqaro e'tirofga sazovor bo'ldi.
Janubiy Koreya sarmoyasi evaziga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy taekvondo majmuasi barpo etiladi.
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Vengriyaning Obuda universitetida bo'lib, xalqaro hamkorlik va ta'lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetida Koreya bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik forum bo'lib o'tdi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Samarqand viloyatida bo'lib, talabalar loyihalari va dual ta'lim jarayonlari bilan tanishdi.
Toshkent davlat agrar universitetida talabalarni traktorchi-mashinist va agrodron foydalanuvchisiga o'qitish, o'qish muddatini qisqartirish hamda amaliyot tizimini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.