132 ta material
Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniya hukumati vakillari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo'lib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot anjumanida o'qituvchilarni izza qilgan Karmana tumani hokimiga ko'rilgan chora haqida ma'lumot berildi.
Abdulla Avloniy nomidagi institutda o'tkazilgan matbuot anjumanida sohada qilingan ishlar va kelgusi rejalar ma'lum qilindi.
Namangan viloyatidagi maktablarda o'quvchi va o'qituvchilar "Mutolaa" platformasiga majburiy ravishda obuna qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ta'lim muassasalarida bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarning faoliyatiga bir yillik cheklov o'rnatilmoqda.
Hukumat qarori bilan ta'lim tashkilotlari pedagoglari uchun davlat xizmatlari narxi 50 foizga arzonlashdi va rahbarlar uchun o'quv kurslari joriy etildi.
Kamida 15 yil stajga va oliy toifaga ega pedagoglarga ipoteka krediti boshlang'ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Xorazm viloyatida informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining kasbiy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlari boshlandi.
Mamlakatimizda umumta'lim maktabi o'qituvchilari uchun navbatdagi malaka test sinovlari bo'lib o'tmoqda.
Abdulla Avloniy nomidagi institutda fransiyalik ekspert ishtirokida hududiy markaz o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Farg'ona shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlar uchun navbatdagi malaka sinovlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova tizim xodimlariga murojaat yo'llab, bolalarga hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qildi.
Namanganda maktabgacha, umumta'lim va maktabdan tashqari ta'lim pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari o'tkazilmoqda.
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi 20-maktabda xorijiy va mahalliy pedagoglar ishtirokida ingliz tili o'qituvchilarining malakasini oshirishga bag'ishlangan o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
Poytaxtda inklyuziv ta'lim va gospital pedagogika yo'nalishlariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.
Jizzax viloyatida pedagogik mahorat va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasini berish bo'yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etildi.
Andijon viloyatida maktab o'qituvchilariga yo'l harakati qoidalarini o'rgatish samaradorligini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdan tashqari attestatsiyada yiqilgan o'qituvchilar ishdan olinishi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi stajyor-o'qituvchilar va toifasiz pedagoglar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaatlar qabul qilinishini e'lon qildi.