1362 ta material
Xorazm viloyatida "Kelajak" markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish va maktab maslahatchisi lavozimi uchun saralash testlari boshlandi.
Farg'onalik 3-sinf va samarqandlik 4-sinf o'quvchilari ilk urinishiyoq chet tilini bilish darajasi bo'yicha B2 sertifikatiga ega bo'lishdi.
Andijon viloyatida davlat maktablarida yangi joriy etilgan maslahatchi lavozimi uchun talabgorlardan test sinovlari olinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o'qituvchilarning aholini ro'yxatga olish ishlariga majburiy jalb etilgani haqidagi xabarlar o'rganib chiqildi.
O'zbekistonda talabalarning shartnoma to'lovlarini qoplab berish va ularni ish bilan ta'minlash tartibi belgilandi.
Buvayda tumanida maktab direktorini mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan bo'shatgan Farg'ona viloyati MMTB rahbari ma'muriy javobgarlikka tortildi va rahbar o'z lavozimiga tiklandi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzodlarni saralash test sinovlariga start berildi.
Qoraqalpog'istondagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun 728 nafar nomzod test sinovlarida qatnashdi.
Qoraqalpog'istondagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida joriy etilayotgan yangi lavozim uchun nomzodlar sinovdan o'tkazildi.
Samarqand viloyatidagi maktablarda yangi joriy etilgan maslahatchi lavozimi uchun test sinovlari tashkil etildi.
Bandixon tumanidagi Bag'rikeng mahallasida barcha zamonaviy sharoitlarga ega 330 o'rinli yangi maktab ochildi.
O'zbekistonda 2025/2026 o'quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi 22-29 yanvar kunlari o'tkaziladi.
Prezident farmoniga asosan maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilib, o'quvchilarga yiliga kamida 20 ta kitob o'qitiladi.
Prezident qaroriga ko'ra, 2026-2030 yillarda aholi o'rtasida kitobxonlik darajasini oshirish hamda maxsus jamg'arma tashkil etish ko'zda tutildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 3400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari tashkil etildi.
Navoiy shahridagi 22-umumta'lim maktabining 5-sinf o'quvchisi chet tilini bilish darajasi bo'yicha B2 sertifikatiga ega chiqdi.
Qozog'istonda o'tkazilgan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar 2 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sirdaryo viloyatida 43 nafar iqtidorli o'quvchi hokimlik tashabbusi va mablag'i evaziga xususiy maktabga o'qishga olindi.
Xonobod shahridagi maktab bitiruvchilari va texnikum o'quvchilari dual ta'lim asosida ishlab chiqarish korxonalariga biriktirildi.
O'zMU talabasi Abduvahhob Ashirov Rossiyadagi xalqaro olimpiadada 900 dan ortiq raqiblarini ortda qoldirib, 1-o'rinni egalladi.