Universitetlar, qabul kvotalari, magistratura va doktorantura
508 ta material
Andijon davlat universitetida deputatlar ishtirokida Prezident Murojaatnomasi va "O'zbekiston - 2030" strategiyasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
ZARMED universitetida talabalar uchun 1,5 mlrd so'mdan ortiq grant va stipendiyalar topshirish marosimi o'tkazildi.
Buxoro davlat texnika universitetida xotin-qizlar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun IT va muhandislik markazi ochildi.
Akademik litsey va universitetlarda Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti hamda ijodiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda.
Hukumat qaroriga ko'ra, ehtiyojmand oilalar vakili bo'lgan kunduzgi ta'lim talabalarining yotoqxonadagi yashash xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi.
O'zbekiston va Turkiya oliy ta'lim vazirliklari rahbarlari uchrashuvida Turkiy davlatlar xalqaro universitetini ochish masalalari muhokama qilindi.
2026 yil 1 fevraldan Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi talabalarga to'lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymurodov raqamlashtirish davrida shifokor kasbi qanday o'zgarishi haqida gapirdi.
Nizomiy nomidagi O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Koreyada bir qator nufuzli OTMlar bilan qo'shma dasturlar va kelishuvlarga erishdi.
Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakultetida mamlakatlararo xalqaro hamkorlik doirasida hindistonlik talabalar tahsil ola boshladi.
Milliy pedagogika universitetining kimyo va biologiya yo'nalishlari Germaniyaning ASIIN xalqaro akkreditatsiyasidan o'tdi.
O'zbekistonda oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini baholovchi milliy reytingni shakllantirish va yuritish tartibi belgilanmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev oliy o'quv yurtlari talabalari bilan muloqot qildi.
Qozog'istonda o'tgan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi 20 ta medalni qo'lga kiritdi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Termiz davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonda talabalarning shartnoma to'lovlarini qoplab berish va ularni ish bilan ta'minlash tartibi belgilandi.
O'zbekistonda 2025/2026 o'quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi 22-29 yanvar kunlari o'tkaziladi.
O'zMU talabasi Abduvahhob Ashirov Rossiyadagi xalqaro olimpiadada 900 dan ortiq raqiblarini ortda qoldirib, 1-o'rinni egalladi.
O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini ilm-fan va innovatsiyalar asosida yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Harbiy xizmatni o'tagan va kontrakt asosida o'qishga kirgan yoshlarga foizsiz ta'lim krediti ajratiladi. Shuningdek, sertifikat xarajatlari ham qoplanadi.