594 ta material
Buvayda tumanida maktab direktorini mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan bo'shatgan Farg'ona viloyati MMTB rahbari ma'muriy javobgarlikka tortildi va rahbar o'z lavozimiga tiklandi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzodlarni saralash test sinovlariga start berildi.
Qoraqalpog'istondagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun 728 nafar nomzod test sinovlarida qatnashdi.
Qoraqalpog'istondagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida joriy etilayotgan yangi lavozim uchun nomzodlar sinovdan o'tkazildi.
Qozog'istonda o'tgan 22-Xalqaro Jautikov fan olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi 20 ta medalni qo'lga kiritdi.
Samarqand viloyatidagi maktablarda yangi joriy etilgan maslahatchi lavozimi uchun test sinovlari tashkil etildi.
Bandixon tumanidagi Bag'rikeng mahallasida barcha zamonaviy sharoitlarga ega 330 o'rinli yangi maktab ochildi.
Prezident farmoniga asosan maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilib, o'quvchilarga yiliga kamida 20 ta kitob o'qitiladi.
Prezident qaroriga ko'ra, 2026-2030 yillarda aholi o'rtasida kitobxonlik darajasini oshirish hamda maxsus jamg'arma tashkil etish ko'zda tutildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 3400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari tashkil etildi.
Qozog'istonda o'tkazilgan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar 2 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sirdaryo viloyatida 43 nafar iqtidorli o'quvchi hokimlik tashabbusi va mablag'i evaziga xususiy maktabga o'qishga olindi.
Xonobod shahridagi maktab bitiruvchilari va texnikum o'quvchilari dual ta'lim asosida ishlab chiqarish korxonalariga biriktirildi.
Maktablardagi xorijiy til o'qituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etilishi va uning muddatlari haqida ma'lumot berildi.
Maktablarda xorijiy til fani o'qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat olishlari uchun 2026-2027 o'quv yili boshlanguniga qadar imkoniyat yaratildi.
Farg'ona viloyatida o'qituvchilarni dam olish kunlari navbatchilikka qo'ygani uchun ishdan olingan maktab direktori lavozimiga qaytarildi.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatidagi umumta'lim maktablarida harbiylar va faxriylar ishtirokida "Kelajak soati" darslari tashkil etilmoqda.
Namangan viloyatidagi 17 ta umumta'lim maktabining boshlang'ich sinflarida sinov tariqasida "Yaponiya tajribasi" tatbiq etilmoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi xorijiy til o'qituvchilarining huquqlari buzilishi va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi chora ko'rilishini bildirdi.
Mening maktabim loyihasining 2025/2026 o'quv yili uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.